Matteus Karlning "Real" haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus iste'dodli yarim himoyachi Lennart Karlning "Real"da o'ynash istagi borligi haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
"Bu balandparvoz gaplar va katta maqsad. Karlning bayonoti ko'p shov-shuvga sabab bo'ldi. Menimcha, bu 17 yoshli futbolchi uchun yaxshi. "Bavariya"da abadiy qolaman, deyish shart emas. Insonning orzusi bo'lsa, bu normal holat. Lennart o'zining shuhratparast va o'z kuchiga ishonganligini ko'rsatdi. U "Real"ning e'tiborini tortish uchun Myunxenda o'zini yaxshi ko'rsatishi kerak", - deya Matteusning so'zlarini keltiradi Sky Sport.
Yarim himoyachining shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Karlning transfer narxi 60 million evroni tashkil etadi.