Matteus: "Bavariya" Keyn bilan shartnomani uzaytirish uchun barcha choralarni ko'radi"

«Bavariya»ning sobiq himoyachisi Lotar Matteus Myunxen klubi hujumchisi Harri Keynning o'yini borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Keyn ajoyib mavsumni o'tkazmoqda, uning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil vaqt qoldi. U bilan kelishuvni shu yozda uzaytirish «Bavariya» uchun hozirgi kunda eng muhim vazifami?
— Gap faqat uning o'yinida emas. Keyn ham muxlislar, ham jurnalistlar uchun muhim figura — u nafaqat etakchi futbolchi, balki «Bavariya»ning butun dunyodagi elchisidir. Gap nafaqat gollarda, balki uning mentaliteti va matbuotga beradigan javoblarida ham — Harri haqiqiy jentlmen. Menimcha, klub u bilan shartnomani uzaytirish uchun hamma ishni qiladi. Hozirgi kelishuv 2027 yilgacha amal qiladi, lekin yozda, ehtimol, jahon chempionatidan keyin ular muzokaralar stoliga o'tirib, kelajakni muhokama qilishadi.
32 yoshli Keynning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunida nihoyasiga etadi. 2025/26 yilgi mavsumda ingliz hujumchisi 41 ta o'yinda maydonga tushib, 49 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.