Mateu Alemani Xulian Alvaresning "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlarga nuqta qo'ydi

Madridning «Atletiko» klubi sport direktori Mateu Alemani hujumchi Xulian Alvaresning «Barselona»ga ehtimoliy o'tishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
Argentinalik futbolchi anchadan beri «ko'k-anorranglilar»ning transfer maqsadi hisoblanadi va «matraschilar» vakillaridan yulduz hujumchining raqobatchi jamoa safiga o'tishi mumkinligi haqida tez-tez so'rab turishadi.
«Atletiko»ning ko'plab o'yinchilari boshqa klublarda qiziqish uyg'otmoqda, biroq biz Alvares bo'yicha na «Barselona» vakillari, na «Barselona» prezidentligiga nomzodlar bilan muzokara olib borganimiz yo'q. Xulian — bizning futbolchimiz. Ayni damda hech qanday muhokamalar ketayotgani yo'q», — deya Alemanining so'zlarini «Barca Universal» nashri keltirmoqda.
Xulian Alvaresning qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 100 million evroga baholanmoqda.