"Yuventus" markaziy hujumchi izlamoqda. Turin klubi nishoniga "Kristal Pelas" sharafini himoya qilayotgan Jan-Filipp Mateta tushdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Konferentsiyalar ligasi finalida g'alaba keltirgan gol muallifi bo'lgan futbolchi "Yuventus" tomonidan Randal Kolo-Muaniga muqobil variant sifatida ko'rilmoqda, klub rahbariyati uni sotib olishdan ham manfaatdor. Italiya klubi yaqin vaqt ichida transfer borasida ish boshlaydi. Ehtimoliy bitim 35 million evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, 16 ta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Matetaning "burgutlar" bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi.