"Inter"ning sobiq himoyachisi Marko Materatstsi A Seriya 20-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Inter" favorit bo'ladi, bunga shubha yo'q. "Neradzurrilar" birinchi davrada "Napoli"ga faqat belgilanishi kerak bo'lmagan penalti tufayli yutqazishdi", - deya Materatstsining so'zlarini keltiradi Nikolo Skira.

"Inter" - "Napoli" uchrashuvi bugun, 11 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi. Birinchi davrada "Napoli" o'z maydonida "Inter"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.