Mata Terri va Van Deyk o'rtasida tanlov qildi

«Chelsi» sobiq futbolchisi Xuan Mata kimni eng yaxshi himoyachi deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi.
«Men uchun, albatta, Jon Terri yaxshiroq. Van Deyk — fantastik o'yinchi. Uning «Liverpul» uchun qilgan ishlarini, shaxsiyati, xarakteri va etakchilik qobiliyatlarini hurmat qilaman. Biroq men uchun Terri — futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri», — dedi Mata «TEAMtalk» nashriga bergan intervyusida.
Jon Terri 1998 yildan 2017 yilgacha «Chelsi» sharafini himoya qilgan. U London klubi bilan 17 ta sovrinni qo'lga kiritgan, ular orasida beshta Angliya chempionligi va Chempionlar ligasi g'olibligi bor.