Mastantuono: "Vinisius klasikoda o'zini noto'g'ri tutganini biladi"

Madridning "Real" klubi futbolchisi Franko Mastantuono "Barselona"ga qarshi o'yinda Vinisius Juniorning almashtirilishi bilan bog'liq mojaroli epizod haqida gapirdi.
"Vinisius o'sha epizodda o'zini noto'g'ri tutgani aniq va u buni biladi, shuning uchun Xabi va butun jamoadan uzr so'radi. Vini - ajoyib inson, kiyinish xonasida quvonch manbai. U har doim maydonda o'zini ko'rsatishga tayyor", - dedi Mastantuono El Larguero nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Barselona" o'rtasidagi bahs 2:1 hisobida g'alaba bilan yakunlangandi.