Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuono o'zi va "Barselona" vakili Lamin Yamal o'rtasida tanlov qildi.

"Qaymoqranglilar"ning 18 yoshli futbolchisi ayni damda "ko'k-anorranglilar" safidagi ispaniyalik tengdoshiga imkoniyatni boy berayotganini tan oldi.

"Menmi, Yamalmi? Hozir - Lamin. U aql bovar qilmaydigan darajani namoyish etmoqda. Madridga endigina keldim, moslashishda davom etyapman. Umid qilamanki, meni "Real" bilan uzoq va muvaffaqiyatli hamkorlik kutmoqda", - deya javob berdi argentinalik El Larguero nashriga bergan intervyusida.

"Qirollik klubi" Mastantuononi o'tgan yozda "River Pleyt"dan sotib olgan edi. Transfer qiymati 45 mln evroni tashkil etgan.