Madridning «Real» klubi vingeri Franko Mastantuononing kelajagi haligacha aniq emas.

Yosh argentinalik futbolchi o'tgan mavsum davomida «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibiga kirishni to'xtatgan edi va mish-mishlar uning yaqin orada jamoani tark etishi haqida yozayotgandi.

Jurnalist Migel Serranoning xabar berishicha, agar Mastantuono mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida Joze Mourinoni ishontira olsa hamda uning pozitsiyasiga yangi futbolchilar sotib olinmasa, u jamoada qolishi mumkin. Agar portugaliyalik murabbiy 18 yoshli futbolchining o'yinidan qoniqmasa, u ijaraga berib yuboriladi.

Franko Mastantuono o'tgan mavsumda «Real» safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: Stadion.uz