Mastantuono: «Alkaras — barcha jabhada eng zo'ri»

«Real» yarim himoyachisi Franko Mastantuono dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Karlos Alkarasni zamonamizning eng yaxshi tennischisi deb atadi.
«Men bu haqda do'stim bilan gaplashgandim. Menga Alkaras juda yoqadi. U hamma narsada eng zo'ri. Afsuski, u Madriddagi turnirda [Madrid Open 2026] qatnashmayapti», — dedi 18 yoshli argentinalik futbolchi.