"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messining "Nyu-Inglend Revolyushn"ga (4:1) qarshi MLS o'yinidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

38 yoshli futbolchi uchta golga assist berdi.

"Messining gol urishga chanqoqligi aniq edi, u o'yin natijasini hal qildi. Boshqa hech kim bunday uzatmalarni amalga oshira olmaydi", - dedi Maskerano o'yindan keyingi matbuot anjumanida.