Maskerano: "Messi, Suares va Alba "Inter Mayami" tarixiga kirishdi"

"Inter Mayami" ustozi Xaver Maskerano MLS finalida "Vankuver" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Unda jamoa 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Messi, Buskets va Alba "Inter Mayami" tarixiga kirdi. Ular aynan shu maqsadda - jamoa maqomini o'zgartirish uchun kelishgan. Bu g'alaba klub uchun bir joyda to'xtab qolmaslikka turtki bo'ladi, oldinga siljishda davom etish kerak," - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Final o'yinidan so'ng Buskets va Alba faoliyatini yakunladi. 38 yoshli Messi "Inter Mayami"dagi faoliyatini davom ettiradi. Hujumchining mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.
Kommentariyalar