«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xaver Maskerano jamoa hujumchisi Luis Suaresning diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi.

Maskeranoning ta'kidlashicha, ham klub, ham futbolchining o'zi MLSning qaroriga rozi:

«Biz nihoyat bu masalani hal qildik, garchi «Sietl»ga qarshi o'yin qanday yakunlangani va undan keyin bo'lgan voqealar bizga yoqmagan bo'lsa-da. Biz butun mavsum davomida muhim bo'lgan asosiy tarkib o'yinchisini yo'qotyapmiz», — dedi Maskerano.

Eslatib o'tamiz, urugvaylik forvard «Sietl» vakiliga uchrashuv tugagandan keyin raqib klub hodimiga tupurgandi. Shuning uchun Suares MLSdagi uchta va Kubok Ligasi doirasidagi olti o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.