«Inter Mayami»ning endilikda sobiq bosh murabbiyi Xaver Maskerano Florida klubini tark etish qaroriga izoh berdi.

«Men shaxsiy sabablarga ko'ra klubdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim», — deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jamoa matbuot xizmati.

Xaver jamoadan ketishining batafsil tafsilotlariga to'xtalib o'tirishni lozim topmadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda «Inter Mayami» Maskerano qo'l ostida pley-off finaliga qadar etib borib, MLSning eng yaxshi klubiga aylangan edi. Hal qiluvchi bahsda Kanadaning «Vankuver Uaytkeps» jamoasi mag'lub etilgandi (3:1).

Argentinalik mutaxassis «Inter Mayami»ni 2025 yil boshidan to 2026 yil 14 aprelga qadar, qariyb bir yarim yil davomida boshqardi.