"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Serxio Busketsning o'yindagi faoliyatini yakunlash qaroriga izoh berdi.

Kutilganidek, ispaniyalik yarim himoyachi yil oxirida, MLS mavsumi yakunlanganda butsalarini mixga osadi.

"Barselona"da birga boshdan kechirganlarimiz o'ziga xos va takrorlanmas voqea bo'ldi.

Bu bizga va kareramizga katta ta'sir ko'rsatdi. Buskets murabbiy bo'ladi, lekin qachon va qaerdaligini bilmayman.

Men u bilan uning kelajagini muhokama qilmaganman, shu bois u shu erda qoladimi yoki uyiga ketadimi, bilmayman. U menga "Inter Mayami"da juda ko'p yordam berdi", - deydi "Inter Mayami" murabbiyi.