"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Liga kubogi finalida "Sietl Saunders"ga qarshi o'yindan (0:3) keyin boshlangan janjal haqida fikr bildirdi.

Jamoalar futbolchilari va xodimlari ommaviy mushtlashuv uyushtirgan.

Ayniqsa, Luis Suares ajralib turdi, u "Sietl Sounders" xodimining yuziga tupurdi. "O'yindan so'ng nima bo'lganini aytadigan gapim yo'q. Bunday voqealar sodir bo'lishi hech kimga yoqmaydi. Balki bunday reaktsiya provokatsiya tufayli yuzaga kelgandir", - deydi Maskerano.