"Mash'al"da derbi oldidan katta yo'qotishlar bor

Ertaga voha derbisi – “Mash'al” va “Sho'rtan” jamoalari o'rtasidagi bellashuv oldidan yangi xabar. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, “Mash'al” muhim to'qnashuvga asosiy tarkibning bir nechta etakchi futbolchisiz tayyorlanmoqda.
Darvozabon Doston To'xtaboev, himoyachi Muhammadali Aliqulov, shuningdek yarim himoyachilar Javohir Abdualimov va Dilshod Rahmatullaev derbida jamoaga yordam bera olmaydi.
Bosh murabbiy Otabek Narzullaev uchun bu jiddiy yo'qotish hisoblanadi. Shunga qaramay, u mavjud tarkibga ishonib, muxlislar oldida munosib o'yin ko'rsatishga intilmoqda.
Manba: "Mash'al" klubi matbuot xizmati