“Mash'al” 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

Muborakning “Mash'al” futbol klubi tarkibida faoliyat olib borgan bir qator futbolchilar jamoa bilan xayrlashdi.
Jumladan, jamoa sharafini munosib himoya qilib kelgan Rafael Viashima Ayagva, Roman Xodjiev, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev hamda Asadbek Xabibullaevlar endi faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettiradi.
“Mash'al” futbol klubi futbolchilarimizga klub rivoji va jamoa sharafini munosib himoya qilish yo'lidagi xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatida ulkan omad, yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi”, — deyiladi klub xabarida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar