"Latsio" Italiya chempionati 28-turining so'nggi o'yinida "Sassuolo"ga qarshi bahsda g'alabani qo'lga kiritdi.

Adam Marushich g'alaba golini o'yinning so'nggi soniyalarida urdi. O'yindan so'ng qahramon o'z muvaffaqiyati haqida shunday dedi: "Albatta, bu juda muhim gol, ayniqsa hozirgi paytda. Biz shunday o'ynashda davom etishimiz kerak.

Hozir har bir o'yin juda muhim. Biz "Latsio"miz va turnir jadvalining pastki yarmida bo'lmasligimiz kerak", - deya Marushichning so'zlaridan iqtibos keltiradi cittaceleste.it.