Martines: "Ronaldu har kuni eng yaxshisi bo'lishni xohlaydi"

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Ronaldu har kuni birinchi marta o'ynashi kerak bo'lgan yosh futbolchidek yashaydi. U har kuni fidoyi va tetik. U g'olib. U eng yaxshi bo'lishni orzu qiladi. Jahon chempionati? U bor kuchini sarflaydi, lekin uzoq muddatli maqsadlar qo'ymaydi. U har kuni eng yaxshi bo'lishni xohlaydi. U bugungi kunga e'tibor qaratgan," - dedi Martines jurnalistlarga.