Martines - Armanistonga qarshi o'yinning 21-daqiqasida Ronalduning goli haqida: "Diogu Jota ruhi biz bilan"

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCh-2026 saralashi doirasida Armanistonga (5:0) qarshi o'yinda Krishtianu Ronalduning goliga izoh berdi.
Ronaldu 21-daqiqada gol urdi. 3 iyul kuni avtohalokatga uchragan Diogo Jota terma jamoada 21-raqamda o'ynar edi.
"Diogu Jota biz bilan. 21-daqiqadagi gol o'zgacha bo'ldi. Men bunday tasodiflarga ishonaman. Jotaning ruhi biz bilan, bu kuchli signal, biz 21-daqiqada gol urdik va buni his qilyapmiz. Yig'inning ilk kunlaridanoq uning borligini his qildik, bu bizga kuch va motivatsiya beradi," - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Record.