Martinelli: "Dyokereshning kuchli tomonlarini juda yaxshi bilamiz"

"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli yozgi transfer oynasida sotib olingan jamoadoshi Viktor Dyokeresh haqida fikr bildirdi.
"Jamoa Viktorga ishonadi. Biz uning kuchli tomonlarini juda yaxshi bilamiz; u dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchilaridan biri.
Biz unga ishonchni singdirishimiz kerak, u imkon qadar tez-tez gol urishi kerak. Biz uning bir mavsumda 30-40 ta gol urishini istaymiz", - dedi Martinelli.