"Arsenal" futbolchisi Gabriel Martinelli bu mavsumda jamoa uchun o'z maqsadlarini bayon qildi.

"To'pchilar" sakkizta o'yinda 19 ochko bilan Premer-liga jadvalida etakchilik qilmoqda. Mikel Arteta jamoasi bugun peshqadamlikni oshirishi mumkin, ammo ular o'z uyida "Kristal Pelas"ni mag'lub etishlari kerak.

"Biz bu mavsumda katta yutuqlarga erisha olishimizga ishonamiz. Biz "Arsenal" uchun bor kuchimizni sarflamoqdamiz va Premer-liga, Liga kubogi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istaymiz", - dedi Martinelli.