"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi.

"Arteta menga nisbatan doimo ajoyib munosabatda bo'ldi.

O'tgan mavsumda kamroq o'ynay boshlaganimda, uning xonasiga kirdim va u menga imkoniyat berilishiga ishonch bildirdi.

Menga imkoniyat tug'ilganda, undan foydalana olganimdan juda xursandman.
Men bu klubni juda yaxshi ko'raman", - dedi 24 yoshli braziliyalik futbolchi.

Martinelli joriy mavsumda "kanonirlar" safida 9 ta o'yinda 3 ta gol urib, 1 ta assist berdi.