"Al Hilol" londonliklar va Braziliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Kanonirlar" Gabriel uchun taxminan 60 million olishni xohlamoqda, futbolchining o'zi Saudiya klubiga o'tishga tayyor.

Martinelli avvalroq "Galatasaroy"ga o'tishdan bosh tortgan edi - turklar 45 million evro taklif qilishgan edi. 

Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirib, klubga Angliya chempionligini qo'lga kiritish va Chempionlar ligasi finaliga chiqishga yordam berdi.

Martinelli JCH-2026da 4 ta o'yinda 1 ta gol urdi.