Martin Edegor boshqa klub bilan kelishib oldi

«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Edegor «Galatasaray»ga o'tishi mumkin. Bu haqda Selman Oztyurk yozmoqda.
Qayd etilishicha, o'yinchi Turkiya klubi bilan kelishuvga erishgan. «Arsenal» Edegor uchun kamida 40 million evro olishni umid qilmoqda.
O'tgan mavsumda Martin Edegor «Arsenal» safida 36 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda xavbek bitta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar