“Andijon” klubining qishki selektsiya paytida amalga oshirgan transferlaridan biri Martin Boake bo'lib, muxlislar uchun u begona emas.

Boisi, O'zbekistonga ilk bor kelgan 2021-yili aynan “Andijon”da yarim mavsum to'p surgan.

Hozirda ushbu hujumchi “Andijon” bilan Antaliya yig'inida astoydil mehnat qilmoqda va kuni kecha klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

Qaytish va hissiyotlar

— “Andijon”ga qaytish hissi qanday? Bu klub sizning faoliyatingizda nimasi bilan alohida?
— Men ortga qaytganimdan o'zimni juda yaxshi his qildim va bu qarorimdan juda xursandman.

— 2021-yildan beri sizda qanday o'zgarishlar bo'ldi?
— Men ko'p tajriba oldim va hozir ancha ulg'aydim.

— Qaytib kelishingizda qaysi omil asosiy rol o'ynadi?
— Birinchisi, bosh murabbiyimiz bilan bu klubda nimalarga erishishimiz haqida juda yaxshi gaplashdik. Ikkinchisi, men ushbu jamoaga birinchi marta kelganimda boshlagan ishimni tugatish uchun qaytdim.

Tajriba va o'sish

— OKMK, Tailand va Turkiyada o'ynash sizga nimani o'rgatdi?
— Nima bo'lishidan qat'iy nazar, har lahzadan zavqlanish.

— Qaysi chempionat uslub jihatidan sizga eng qiyin bo'ldi?
— Xitoy (Superliga).

— Bu tajribalar “Andijon”da sizga qanday foyda beradi?
— Oldingidan ham qattiq ishlash.

Maydondagi maqsadlar

— Bu mavsum uchun shaxsiy maqsadingiz qanday?
— Klub bilan o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishni istayman va bu borada qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman.

— “Andijon” muxlislariga qanday o'yin va gollar ulashmoqchisiz?
— Men Andijondaligimda urgan gollarim bilan baham ko'rishni yaxshi ko'rardim. Lekin o'shanda unchalik ko'p gol urmagan edim. Bu safar o'zimni yanada yaxshiroq ko'rsatishni istayman.

— Jamoada yosh hujumchilar bor — ularga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?
— Qo'rqmaslik, qattiq ishlash va futboldan zavqlanishni.

Manba: https://t.me/andijonpfc