"Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi, hozirda Gretsiyaning AEK klubi a'zosi Antoni Marsyal okean ortiga yo'l olishi mumkin. Bu haqda insayder Sesar Luis Merlo ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Jurnalistning yozishicha, frantsiyalik hujumchida Meksika chempionatida o'ynash varianti bor. Marsyal bilan shartnoma imzolashga "Pumas" klubi qiziqish bildirmoqda. Meksika klubi transfer oynasi yopilgunga qadar kelishuvni rasmiylashtirishga ulgurmoqchi. Gretsiya tomoni esa frantsuzni ijaraga berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Meksikada yozgi transferlar oynasi 12 sentyabr, juma kuni yopiladi.