«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini Liga 1 da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

«Monterrey»dan ketgach, frantsiyalik futbolchi erkin agentga aylandi. Biroq uning moliyaviy talablari Liga 1 klublari uchun noqulay omil bo'lmoqda, ayni damda faqat «Nitstsa» qaror qabul qilish jarayonida va taklifni rad etmagan.

Marsyal «Lion» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u avvalroq «Monako», «Manchester Yunayted», «Sevilya», Gretsiyaning AEK va «Monterrey» klublarida ham o'ynagan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchining hozirgi bozor qiymati 3,5 million evroga baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz