Marsyal endi Ramosning jamoadoshiga aylanadi

Antoni Marsyal faoliyatini Meksikada davom ettiradi.
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi AEKdan "Monterrey"ga o'tmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Gretsiya klubi allaqachon futbolchining tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Meksikaga borishiga ruxsat bergan.
Joriy yilning fevral oyidan buyon "Monterrey" safida "Real"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos to'p surmoqda.
Gretsiya chempionatining o'tgan mavsumida Marsyal 19 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.