Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh milliy jamoaning ushbu yutug'ini yuqori baholadi.

Bugun Kanada yarim himoyachi Stiven Eushtakiuning goli evaziga Jahon chempionati 1/16 finalida JARni mag'lub etdi (1:0) va o'z tarixida ilk bor 1/8 final bosqichiga yo'l oldi. Jamoa ushbu bosqichda Niderlandiya — Marokash juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

G'alabadan so'ng Marsh futbolchilar va murabbiylar shtabini maydon markaziga yig'di.

«Bugun siz milliy qahramonlarga aylandingiz», – dedi murabbiy.

Avvalroq Kanada 1986 va 2022 yillardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan, biroq biror marta ham guruh bosqichidan o'ta olmagan edi.

Manba: Stadion.uz