"Real" sobiq himoyachisi Marseloning o'g'li Entso Alves madridliklar bilan shartnoma imzoladi.

"Birinchi professional shartnomamni imzolaganimdan xursandman. Hala Madrid!" - deb yozdi Alves ijtimoiy tarmoqda.

Entso Alves 16 yoshda. U hujumchi pozitsiyasida o'ynaydi. U Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida 10 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.

Marselo 2007 yildan 2022 yilgacha "Real"da o'ynagan. U olti marta Ispaniya chempioni bo'lgan va besh marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.