Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Marselo futbolchilik faoliyatidagi eng og'ir o'yin haqida gapirdi.

"Bu 2010 yilda "Barselona"ga qarshi o'yin edi. O'shanda "Kamp Nou"da 0:5 hisobida yutqazgandik. Jamoa ko'zlari bog'langan holda o'yinga chiqdi. Maydonda to'pni umuman ko'rmadik. O'shanda bizga qarshi Messi, Xavi, Inesta, Pedro o'ynagan. O'sha paytda Pedro juda yaxshi edi," - dedi braziliyalik Under The Goalposts podkastida.

Eslatib o'tamiz, Marselo 2007-2022 yillar davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, uning faoliyatida Braziliyaning "Fluminense" va Gretsiyaning "Olimpiakos" klublari bor.