Marselo Belsa JCh-2026’dagi yangi qoidadan norozi: «Bu futbolga hech narsa bermaydi»

Urugvay terma jamoasi ustozi Marselo Belsa JCh-2026 uchrashuvlari paytida suv ichish uchun e'lon qilinayotgan tanaffuslardan norozi bo'lmoqda.
«O'yinlar to'rt qismga bo'linib ketyapti, bu esa futbolning odatiy qoidalarini o'zgartirib yubormoqda. Bunday tanaffuslar hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha, bor narsani ham tortib oladi», — deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, Shimoliy Amerikada o'tayotgan Jahon chempionatida har bir bo'limning o'rtasida suv ichib olish uchun uch daqiqalik tanaffuslar joriy etilgan.
Mundialdagi ilk uchrashuvida Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynadi (1:1). Belsa shogirdlari nufuzli turnirdagi navbatdagi bahsni Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv ertaga, 22 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar