Marselino "Barselona"ga qarshi o'yinni AQShda tashkil qilish haqida gapirdi.

Avvalroq UEFA "Barselona" va "Vilyarreal" bahsini Mayamida o'tkazish uchun ruxsat bergan edi.

"Ular bizga qaerda o'ynashimiz kerakligini aytishsa, biz o'sha erda o'ynaymiz.

Mayamidagi o'yin rejalaringizni buzadimi?

“Bu yaxshi savol, men tajriba orttirmagunimcha javob bera olmayman, chunki bu hamma uchun yangilik.

Lekin menimcha, futbol hamma joyda bir xil: yil fasliga qarab, harorat issiq yoki sovuqroq bo'lishi mumkin.

Demak, bu o'yinni shunday sharoitda o'tkazishimiz kerak. Sayohat uzoq, odatdagidan uzoqroq, ammo biz talablarga moslashamiz”, dedi “Vilyarreal” bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral.