"Marsel" "Yuventus"dan futbolchini ilib ketdi

"Brayton" yarim himoyachisi Mett O'Rayli "Marsel"ga o'tish arafasida turibdi. Avvalroq daniyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tishga rozilik bergandi, biroq "keksa sinora" baribir kelishuvni yopolmadi. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, endi 24 yoshli futbolchi "Marsel"ga o'tishga qaror qilgan. Frantsuz klubi "Brayton" bilan yarim himoyachini ijaraga olish bo'yicha deyarli kelishib oldi.
Mett O'Raylining transfer narxi nufuzli Transfermarkt sayti mutaxassislari tomonidan 22 mln evroga baholanmoqda. 2024 yilning yozida "chaykalar" futbolchini Shotlandiyaning "Seltik" klubidan qariyb 30 mln evro evaziga sotib olgandi. "Marsel"da yarim himoyachi "Milan"ga o'tishga yaqin turgan Adrien Raboning o'rnini egallashi mumkin.