«Marsel» yangi bosh murabbiy nomini rasman e'lon qildi

59 yoshli frantsiyalik mutaxassis Bruno Jenezio Liga 1da yangi tayinlovga erishdi. U «Marsel» klubi bosh murabbiyi etib tasdiqlandi. Bu haqda Provans jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taniqli mutaxassisning bundan oldingi ish joyi Frantsiyaning boshqa bir klubi — «Lill» bo'lgan edi. Jenezio 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etgandi.
Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumida «Marsel» 59 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egalladi.
Kelgusi mavsumda Jenezio shogirdlari UEFA Evropa Ligasida to'p surishadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar