Dani Sebalos "Real"dan "Marsel"ga o'tishga yaqin turibdi.

Klublar 29 yoshli yarim himoyachining transferi borasida kelishib oldi, deb xabar beradi RMC Sport. Bitim summasi hozircha ma'lum emas.

Sebalos La Liganing o'tgan mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga birorta samarali harakat yozdirib qo'ya olmadi.