"Marsel" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Chempionlar ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

U erda italiyalik murabbiy yozda madridliklar yarim himoyachisi Dani Sebalosning Liga 1 klubiga o'tmaslik qaroridan hafsalasi pir bo'lganini aytdi.

"Sebalos - ajoyib futbolchi va yaxshi inson. U bizga o'tmadi va biz bundan afsusdamiz. U katta jamoada o'ynaydi, ammo noyob imkoniyatni qo'ldan boy berdi, chunki "Marsel" - o'ziga xos klub. Lekin men uni muhabbat bilan kutib olaman. Biz boshqa iqtidorli futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik", - dedi De Dzerbi.