"Marsel" sardori: "Men uchun Messi futbolni to'xtatmaguncha eng yaxshisi bo'lib qoladi"

"Marsel" jamoasining markaziy himoyachisi va sardori Leonardo Balerdi Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligiga oid savolga javob berdi.
"Men uchun futbolni to'xtatmaguncha Messi eng yaxshisi bo'lib qoladi. Biroq Mbappe ham dunyoning eng zo'r o'yinchilaridan biri, u buni ko'p yillar davomida isbotlagan. U yuqori darajada o'ynamoqda", - dedi argentinalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, bugun "Marsel" Chempionlar ligasining birinchi turida "Real" mehmoni bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.