"Marsel" Raboning ketish shartini aytdi

"Marsel" yarim himoyachisi Adrien Raboning kelajagi hamon aniq emas.
30 yoshli futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlar uning kiyinish xonasida Jonatan Rou bilan mushtlashuvidan keyin tarqaldi. Xabar qilinishicha, "provansalliklar" frantsuzdan qutulishga qaror qilgan va uni sotuvga qo'ygan. Insayder Fabritssio Romanoning ma'lum qilishicha, "Marsel" Rabio bilan transfer oynasining so'nggi kunlarida faqat bir shart bilan xayrlashadi - xaridorlar kamida 15 mln evro taklif qilishsa.
Adrien Raboning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yarmigacha mo'ljallangan. Xavbek o'tgan yilning sentyabr oyida jamoaga erkin agent sifatida kelgan, u avvalroq "Yuventus"da o'ynagan.