Frantsiya chempionati 5-turidan o'rin olgan "Marsel" - "PSJ" uchrashuvi yakshanba oqshomida o'tkazilmaydi. L'Equipe nashrining Bush-dyu-Ron prefektiga tayanib xabar berishicha, o'yin mintaqada kutilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirilgan.

Qayd etilishicha, kuchli yog'ingarchilik tufayli mintaqada to'q sariq xavf darajasi joriy etilgan. Hokimiyat hatto ko'chalarni suv bosishini kutmoqda.

Shuning uchun, "Marsel" va "PSJ" o'rtasidagi Liga 1 qarama-qarshiligi boshqa kuni bo'lib o'tadi. Yangiliklarni kuzatib boramiz.