"Marsel" prezidenti Pablo Longoriya Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalosning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

- Men charchadim. Charchadim. Biz haqiqatan ham Sebalosdan manfaatdor edik, ammo biz nazorat qila olmaydigan holatlar bor. "Real" Madrid har doimgidek o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi," - dedi funktsioner.

Joriy mavsumda 29 yoshli Sebalos Ispaniya chempionatining ikkita o'yinida ishtirok etdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.