"Marsel" Pavar uchun jiddiy kurashda yutib chiqdi

Transfer oynasining so'nggi kunida "Marsel" "Inter" himoyachisi Benjamin Pavarni ijaraga oldi. 29 yoshli futbolchi provansalliklar bilan 1+4 ko'rinishida shartnoma imzoladi. Kelasi yil frantsuz klubi uni 15 million evroga sotib oladi.
Pavar uchun kurashda "Marsel" Saudiyaning NEOM klubini, shuningdek "Galatasaroy", "Lill", "Kristal Pelas" va "Tottenxem"ni ortda qoldirdi.