"Marsel"ning asosiy yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning eksklyuziv ma'lumotiga ko'ra, tajribali daniyalik Roberto Do Dzerbi jamoasida kamida 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha qoladi. Bu haqda futbolchining agenti unga shaxsan ma'lum qilgan.

"U bor e'tiborini 100 foiz "Marsel"dagi o'yinlarga qaratgan. Xyoyberg klubda qolib, "Marsel"ning muvaffaqiyati uchun qo'lidan kelganini qilmoqchi. U bu jamoa bilan nimagadir erishmoqchi", - dedi Luka Puchchinelli.

Avvalroq, Xyoybergga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.