"Marsel" Tochukva Nadini o'z safiga qo'shib oldi.

Nigeriya terma jamoasi yarim himoyachisi "Zyulte-Varegem"dan o'tdi. L'Equipe xabariga ko'ra, 22 yoshli xavbek uchun bonuslar bilan birga 6 mln evro to'landi.

Afrika kubogida Nadi bir o'yinda maydonga tushdi. Belgiya chempionatida u joriy mavsumda 18 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.