"Marsel" - "Monako" o'yini belgilangan vaqtdan 12 daqiqa kech boshlandi, sababi...

Liga 1 16-turidan o'rin olgan "Marsel" - "Monako" uchrashuvining boshlanishi tutun tufayli qoldirildi.
O'yin boshlanishidan oldin "Velodrom" tribunalaridagi muxlislar fayerlarni yoqishdi, bu esa kuchli tutun va maydondagi ko'rinishning yomonlashishiga olib keldi.
Uchrashuv bosh hakami Fransua Letekse belgilangan vaqtdan 12 daqiqa o'tib o'yinni boshladi.