"Marsel" markaziy hujumchisi Nil Mope faoliyatini La Ligada davom ettiradi.

Mateo Moretto xabariga ko'ra, "Sevilya" 29 yoshli frantsuzni mavsum oxirida 5 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oladi.

Transfermarkt portalida Mope 4 million evroga baholangan. U joriy mavsum 4 ta o'yinda 2 ta gol urdi.