"Marsel"ga yangi prezident tayinlandi

«Marsel» xo'jayini Frenk Makkort «Velodrom» stadioniga frantsuz jurnalistlarini yig'ib, Stefan Rishar klubning yangi prezidenti etib tayinlanganini rasman e'lon qildi. Bu haqda GFFN nashri xabar bermoqda.
Frantsiya biznes olamida 30 yillik tajribaga ega va hayotining muayyan qismini Marselda o'tkazgan Rishar ushbu lavozimda Pablo Longoriyani almashtiradi. Frantsiyalik mutaxassis o'z vazifasini bajarishga shu yilning iyul oyidan kirishadi.
«Marselga ijro hokimiyati sohasida tajribaga ega kuchli etakchi kerak — ayniqsa, frantsuz futbolida muammolar ko'paygan hozirgi vaqtda», — dedi Makkort juma kuni ertalab o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Klubning yangi prezidenti allaqachon bayonot berishga ulgurdi: u klub va muxlislar o'rtasidagi keskin munosabatlarni yumshatish niyatida ekanligini ta'kidladi.
Hozirda «Marsel» Frantsiya chempionati turnir jadvalida 28 o'yindan so'ng 49 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.