"Marsel" futbolchisining goli Markinosga avtogol sifatida yozildi

Liga 1 5-turidan o'rin olgan "Marsel" - "PSJ" (1:0) o'yinida gol muallifi o'zgardi.
Mezbonlar himoyachisi Nayef Agerdning goli parijliklar himoyachisi Markinosning avtogoliga o'zgartirildi.
Marokashlik futbolchi emas, aynan braziliyalik futbolchi "PSJ" darvozaboni Lyuka Shevalening qo'pol xatosidan keyin to'pga boshi bilan tegib, uni darvozaga joylab qo'ygan. Shu bilan birga, Agerd o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.